“Eng faol kitobxon” tanlovlari o’tkazilmoqda

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda institut “Axborot resurs markazi” hamkorligida institut professor-o‘qituvchilari, ishchi – xodimlari va talabalari o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov 2 bosqichda: o‘zbek hamda jahon adabiyotining eng sara asarlaridan iborat 20 ta test – savollar, e’lon qilingan asarlardan (10 ta) savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Shartlar “Tong yulduzi” jurnali bosh muharriri, shoir Axtamqul Karim raisligidagi hakamlar hay’ati baholab bordi.

Yakuniy natijalarga ko’ra talabalar o‘rtasida Elmurod Abdukamolov uchinchi, Madamin Karimov ikkinchi o’rinni egalladi. Javohir Umarxonov tanlov g’olibi bo’ldi. Xodimlar o‘rtasida o‘quv-uslubiy bo‘limi inspektori Gulmira Yusupova g’olib bo’ldi, diplom yorliqlari qimmatbaho kitoblar bilan rag’batlantirildi.

Shuningdek, O‘quv-uslubiy bo‘limi uslubchisi Xalima Qo‘chqorova, talabalar Qaxramon Jo‘raev, Bahriddin Ortiqov, Mirzohid Oltiboev, Madaminbek Abdullaev, Sayfi Baqoevlar faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.