Xotirauz aksiyasi davom etmoqda

9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faollari tomonidan oliy ilm dargohimiz bo’ylab aksiya o’tkazildi.

Aksiya davomida institutga ertalabdan ish, o’qish uchun tashrif buyurayotgan professor-o’qituvchi, ishchi-xodimlar va talabalarga lentalar tarqatildi.

Yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida tashkil etilgan aksiya barchada tinchlikning qadriga yetish, qadrlash, yurt tinchligi uchun birgalikda kurashish, ogoh va xushyor bo’lish tuyg’ulari yanada jo’sh urdi.