Xotira – aziz, qadr – muqaddas!

Ayni kunlarda yurtimizda asrlar davomida qahramona, o’lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi, tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag’ishlab xotira kechalari o’tkazilmoqda.

Institut “Magistral” oshxonasida ham ana shunday tadbir “Xotira – aziz, qadr – muqaddas!” shiori ostida o’tkazildi. Unda urush va mehnat faxriylari, professor-o’qituvchilari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Mehmonlarga atab bayram dasturxoni yozildi. Коnsert dasturi tashkil etilib, sovg’alar taqdim etildi.