Koreya temir yo‘l tadqiqot instituti delegatsiyasining tashrifi

2018 yil 4 mayda institutga vitse-prezident Yeum Kiyong boshchiligida Koreya temir yo‘l tadqiqot instituti delegatsiyasi tashrif  buyurdi.

Mehmonlar bilan institute rektori Marufdjan Xalikovich Rasulov hamda prorektorlar muzokaralar o‘tkazdilar. Rector o‘z tabrik so‘zida Osiyo-Tinch okeani hududlari mamlakatlari universitetlarining Xalqaro assotsiatsiyasi (МАТУ АТР) doirasida Koreya Respublikasi universitetlari bilan samarali faoliyat yuritilayotganini ta’kidladi.

Suhbat jarayonida tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati, jumladan yosh mutaxassislarni Koreya Respublikasi va O‘zbekistonga qisqa stajirovkalarga yuborish, ikki tomonlama diplom dasturlari bo‘yicha o‘qishlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Ilmiy ma’lumotlar, ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalarni xalqaro ta’lim, ilmiy dasturlari va loyihalarida birgalikda ishtiroklariga oid kelishuv erishdilar.