Inson – aziz, xotira – muqaddas!

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut rahbariyati, kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, xodimlar bo’limi, yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faollari va “Nuroniylar” kengashi bilan hamkorlikda “Inson – aziz, xotira – muqaddas!” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, yoshlarda tinchlik-osoyishtalikka shukronalik hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 15 nafar urush qatnashchilari va faxriylarning uylariga borib, holidan xabar olindi, esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.