Adolat – hayotimizning bosh mezoni, adolat – har bir inson uchun

 Anjumanlar zalida “Adolat – hayotimizning bosh mezoni, adolat – har bir inson uchun” mavzuida O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, sotsiologiya fanlari doktori Toshpo’lat Matibayev va O’zbekiston yoshlar ittifoqining “O’zbekiston temir yo’llari” AJ sog’liqni saqlash xizmati boshlang’ich tashkiloti va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirobod tuman “Yosh adolatchilar” qanoti yetakchisi Norboy Ro’ziyevlar so’zga chiqib partiyaning maqsad va vazifalari, boshlang’ich partiya tashkilotlari, elektorat manfaatlari, ularni himoyalashda BPTning o’rni, aholini qiynayotgan muammolar, ularning yechimi, bugunki kun yoshlarining qo’lga kiritayotgan yutuqlari va ularni barkamol avlod qilib tarbiyalashdagi dolzarb masalalar, shuningdek, yil dasturida belgilangan vazifalar xususida to’xtaldi.

Savol-javob, interaktiv ko’rinishida o’tgan tadbir keng jamoatchilik, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlod siyosiy ongining yanada mustahkamlanishiga, mafkuraviy immunitetining mustahkamlanishiga asos bo’ldi.

Uchrashuv so’ngida notiqlarga minnatdorchilik bildirildi.