Professor bilan uchrashuv

Institut ilmiy kengashlar zalida O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Mahorat maktabi” nomli tadbir o’tkazildi. Unda O’zbekiston Milliy universiteti “Fizika” fakulteti pedagogika fanlari doktori, professor Mirzaaxmad Qurbonov va institut Elektromexanika fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida professor Mirzaaxmad Qurbonov fizika sohasida respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, taklif etilayotgan innovatsion takliflarda yoshlarning o’rni, uning texnikaga tadbiqi xususida to’xtaldi. Shuningdek, mutaxassis “Yarimo’tkazgichlar fizikasi”, “Lazerlar”, “Nanotexnologiya” fizikasi haqida taqdimot asosida ham batafsil to’xtaldi. Fizika sohasida olingan ilmiy yangiliklardan xalq xo’jaligida keng foydalanayotgani, yarim o’tkazgichli materiallarning xususiyatlari, qolaversa lazerlarning ham fizik xususiyatlari, tibbiyotda, xalq xo’jaligidagi o’rni, foydalanish maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv so’ngida talabalar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, o’zini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.